Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazida klinik ordinatura (rezidentura) uchun test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda
2026-08-26 12:25:00 / Yangiliklar
Hujjatlarni topshirish, test va uning natijalarini e’lon qilishgacha bo‘lgan barcha jarayon raqamlashtirligani sinov adolatli va shaffof o‘tishi, muhimi, soha uchun yetuk va malakali kadrlarni tanlab olish uchun keng imkoniyat yaratyapti.
Joriy yilda klinik ordinaturaga talabgorlarning 10 ming 200 dan ziyod arizalari qabul qilingan. Ular 78 ta davlat va nodavlat tashkilotiga 65 ta mutaxassislik bo‘yicha hujjat topshirgan.
SSV Matbuot xizmatining ushbu jarayonlarga bag‘ishlangan videolavhasi bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.
SSV Matbuot xizmati.
