Homiladorlar TORCH infektsiyasiga qachon tahlil topshirishlari kerak?
2024-09-06 17:30:00 / Yangiliklar

(Davomi)
— Bugun aksariyat ayollar homilador bo'lganidan bir necha oy o'tib, TORCH-infektsiyasi uchun tahlil topshiradi, — deydi mutaxassis. — Biroq bu xato. Aslida homiladorlikdan 2-3 oy avval, ya'ni uni rejalashtirish paytida tekshiruvdan o'tish, agar natija musbat bo'lsa, virusga qarshi zarur dori-darmonlarni qabul qilish kerak.
Ana shunda ayol organizmi virusni vaqtida enga oladi va tanada ushbu infektsiyalarga qarshi antitanachalar hosil bo'ladi. Shuningdek, bu – homiladorlikkacha davo va profilaktika choralarini ko'rish imkonini beradi.
Shifokor tavsiyasiga ko'ra, TORCH-infektsiyani homiladorlik davrida ham tekshirtirib borish zarur.
Bu viruslar guruhining o'ziga xosligi shundaki, uning alomatlari mutlaqo kuzatilmasligi yoki kam namoyon bo'lishi mumkin. Jumladan, toshma, isitma kabi klinik belgilar orqali tashxis qo'yish biroz qiyin. Shu bois eng aniq tashxislash usuli qonda immunoglobulinlarni tekshirishdir.
Buning uchun och qoringa qon tahlili topshiriladi. Tekshiruvgacha bo'lgan 3 hafta davomida antibakterial va virusga qarshi preparatlar qabul qilmaslik lozim.
Tekshirish natijalarini olgandan so'ng, albatta, davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
