Raqamli tibbiyot: DMED tizimi aholiga qanday qulayliklar yaratmoqda?
2026-08-13 15:35:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda ishlab chiqilgan DMED tizimi yurtimizda joriy etilgan davlat raqamli tibbiyot axborot platformasi hisoblanadi.
U shifokor qabuliga yozilish, elektron tibbiy karta yuritish, tashxis va tahlil natijaslarini saqlash, shuningdek, QR-kodli elektron retseptlarni rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan.
Platformada hozirga qadar 38 milliondan ziyod aholining elektron tibbiy kartasi shakllantirildi.
Ayni paytda tizimda 2500 dan ziyod IT-operatorlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
DMED imkoniyatlarini yanada yaxshilash maqsadida birgina 2025-yilda tibbiyot muassasalari uchun qo‘shimcha 33,2 mingta kompyuter sotib olinib, umumiy soni 88,6 mingtaga yetkazildi.
Joriy yil davomida mahalliy byudjet hisobidan 15 500 ga yaqin kompyuter va 13 400 dan ortiq planshet xarid qilish rejalashtirilgan.
DMED platformasi 2025–2026-yillarda 25 dan ziyod davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiyalashtirildi.
Tizimda "Elektron poliklinika", Yagona elektron tibbiy karta”, "Elektron shifoxona", "Elektron retsept", "Elektron navbat", "Elektron laboratoriya", “KPI”, “Omborxona-2” kabi 20 dan ziyod modullar joriy qilindi.
Yangi tashkil etilgan modul yordamida ijtimoiy reyestrga kiritilgan 5 mingdan ziyod bemorlarning “Vaqf” fondi orqali ajratilayotgan mablag‘lar hisobidan bepul davolanishi ta’minlandi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 6 ta yangi xizmat yo‘lga qo‘yildi.
Natijada Sog‘liqni saqlash vazirligi raqamlashtirish holati reytingi 2023-yilning birinchi yarmida 44,45 ballni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 84 ballga yetdi.
Umuman, DMED platformasi tufayli qog‘ozli retsept va undagi o‘qilishi qiyin yozuvlar, dori vositasini noto‘g‘ri qabul qilish va shifokor qabulida uzoq navbat kutish kabi noxush holatlar o‘tmishga aylanmoqda.
SSV Matbuot xizmati.
