Raqamli tibbiyot: IT-operatorlar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi
2026-08-06 14:45:00 / Yangiliklar

Unda sohadagi raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, tibbiyot muassasalarida DMED yagona elektron axborot tizimidan samarali foydalanish hamda mutaxassislarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga e’tibor qaratildi.
Seminarda may oyida o‘tkazilgan “Sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘ini bo‘yicha yilning eng yaxshi IT-operator hamshirasi” tanlovining respublika bosqichi ishtirokchilari qatnashdi.
Uch kun davomida ular sun’iy intellekt asosidagi loyihalar, DMED axborot tizimining yangi imkoniyatlari va takomillashtirilgan funksiyalari, tibbiyot muassasalarida axborot tizimlaridan samarali foydalanish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
Qolaversa, sohada amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi yangiliklar xususida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, o‘quv-seminar davomida ishtirokchilarga o‘zaro tajriba almashish, yangi raqamli yechimlar bilan yaqindan tanishish hamda kundalik faoliyatda uchraydigan masalalar yuzasidan mutaxassislar bilan fikr almashish imkoniyati yaratildi.
SSV Matbuot xizmati.


