Moskva shahar merining ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Anastasiya Rakova bilan o‘tkazilgan muzokaralarda delegatsiyaga sog‘liqni saqlash tizimini boshqarishning yagona standartlari
2026-07-16 15:25:00 / Yangiliklar

«Moya poliklinika» yangi standarti asosida faoliyat yuritayotgan 220-sonli shahar poliklinikasi misolida delegatsiya birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish, bemorlar oqimini boshqarish, raqamli ro‘yxatga olish hamda aholi o‘rtasida profilaktik ishlarni olib borish tamoyillari bilan tanishdi.
S.P. Botkin nomidagi Moskva ilmiy-klinik markazida ko‘p tarmoqli statsionarlarni boshqarish, diagnostika va jarrohlik xizmatlarini tashkil etish, bemorlarni yo‘naltirish hamda zamonaviy tibbiy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha Rossiya tajribasi taqdim etildi.
Bolalar klinik shifoxonasida diagnostika, davolash, reabilitatsiya va keyingi tibbiy kuzatuvni o‘zida mujassam etgan bolalarga kompleks ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish modeli tahlil qilindi.
Delegatsiya palliativ yordam tizimi, bemorlarni fanlararo yondashuv asosida kuzatish hamda ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash tamoyillari bilan tanishish maqsadida «Dom s mayakom» bolalar xospisi va Moskva ko‘p tarmoqli palliativ yordam markaziga tashrif buyurdi.
Diagnostika va telemeditsina texnologiyalari ilmiy-amaliy klinik markazi mutaxassislari sun’iy intellekt imkoniyatlari hamda shifokor-rentgenologlarning masofaviy hamkorligi mexanizmlarini namoyish etdi.
Innovatsion jarrohlik texnologiyalari fanlararo trening markazida delegatsiyaga simulyatsion uskunalar va anatomik materiallardan foydalangan holda jarrohlarni amaliy tayyorlash tizimi taqdim qilindi.
Moskva laboratoriya tadqiqotlari markazida robotlashtirilgan laboratoriya diagnostikasi, laboratoriya tarmog‘ining uch bosqichli modeli, ma’lumotlar va tahlil natijalarini raqamli boshqarish tizimi o‘rganildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar pilot loyihalarni ekspertlar ishtirokida amalga oshirishni ham nazarda tutuvchi hamkorlik rejasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.









