Zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy yordam sifatini oshirish
2026-07-16 15:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalaridagi xususiy sektor yutuqlari bilan batafsil tanishdi hamda o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldi.
Xalqaro tibbiyot klasteri faoliyati alohida qiziqish uyg‘otdi. Mazkur model xalqaro tibbiy texnologiyalar, ilg‘or tibbiy standartlar va zamonaviy boshqaruv amaliyotlarini joriy etish uchun maxsus huquqiy rejimni yaratishni nazarda tutadi.
Bemor manfaatlarini ustuvor qo‘yishga asoslangan muvaffaqiyatli yondashuvlar «Lapino», «Hadassah Medical Moscow» va «Olimp Klinik MARS» klinikalariga tashriflar davomida muhokama qilindi.
Biotexnologiyalar yo‘nalishiga ham alohida e’tibor qaratildi. «GENERIUM» ilmiy-ishlab chiqarish kompaniyasi bazasida delegatsiya a’zolari dori vositalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishning to‘liq sikli bilan tanishdilar.
Shuningdek, texnologiyalar transferini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonda talab yuqori bo‘lgan dori vositalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda qo‘shma ilmiy-ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.



