Tibbiyot tizimida korrupsiyaga chek qo‘yish bo‘yicha xalqaro tajriba o‘rganildi
2026-06-25 17:35:00 / Yangiliklar

Unda tizimdagi komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh mutaxassislar hamda "Xaridlar markazi" davlat muassasasining xaridlarni amalga oshirishga mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Anjumanning ochilish marosimida Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Jaloliddin Asamutdinov, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi dasturi menejeri Yana Kurpisa hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati dasturi rahbari Viktor Kessler so‘zga chiqdi.
Tadbirda sog‘liqni saqlash tizimida davlat xaridlarini amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy xavflar, ularni aniqlash va baholash mexanizmlari hamda manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha xalqaro tajriba va amaliy yondashuvlar batafsil tahlildan o‘tkazildi.
Qayd etilganidek, sohada korrupsiyaviy xavflarni tizimli o‘rganish nafaqat budjet mablag‘larini tejash, balki shifoxonalarda dori vositalarining xavfsizligini ta’minlash va bemorlar hayotini muhofazalashda muhim ahamiyatga ega.
SSV Matbuot xizmati.


