SSV: 4 ming nafardan ziyod bitiruvchi shifokorlik qasamyodini qabul qildi
2026-06-15 15:50:00 / Yangiliklar
Poytaxtimizdagi xalqlar do'stligi san'at saroyida Toshkent davlat tibbiyot universiteti bitiruvchilarining shifokorlik qasamyodini qabul qilishga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda so'zga chiqqan Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari Adxam Xudaykulov barcha bitiruvchilarni shifokorlik kasbini boshlayotgani bilan samimiy muborakbod etdi va ularga kelgusi faoliyatlarida zafarlar tiladi.
Shuningdek, tadbirda universitet rektori Shuhrat Boymurodov yosh mutaxassislar oldida turgan mas'uliyatli vazifalar haqida to'xtalib, ularga aholi salomatligini asrash yo'lida fidoyilik bilan xizmat qilishlariga ishonch bildirdi.
Marosimda iqtidorli talabalarning yutuqlari aks etgan videoroliklar namoyish etildi. Shuningdek, san'atkorlarning chiqishlari yig'ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Tadbir so'ngida 4 ming nafardan ziyod bitiruvchi shifokorlik qasamyodini qabul qildi.
SSV matbuot xizmati.








