SSV: Situasion markaz orqali qonunbuzilish holatlarining oldi olinmoqda
2026-06-12 17:30:00 / Yangiliklar

Yaqinda Buxoro viloyatida vazirlik tomonidan moliyaviy intizomni mustahkamlash mavzusiga bag'ishlab o'tkazilgan o'quv seminarida shu haqda so'z bordi.
Ayni paytda "Masofaviyaudit.uz" avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali barcha moliyaviy jarayonlar doimiy monitoring qilinmoqda. Aniqlangan xavf holatlari haqidagi ma'lumot muassasalarga elektron tarzda yuborilib, ularni o'z vaqtida bartaraf etish va qonunbuzilishlarning oldini olish choralari ko'rilyapti.
Bundan tashqari, hisob palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Situasion markaz orqali muassasalar faoliyati doimiy monitoring qilinib, asosiy e'tibor qonunbuzilishlarni aniqlashdan ko'ra, ularning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish va oldini olishga qaratilmoqda.
Shuningdek, seminar davomida tibbiyot muassasalarida autsorsing xizmatlarini tashkil etish, shartnomalar tuzish, narx belgilash hamda hisob-kitob intizomini ta'minlash masalalari haqida so'z bordi.
Tadbirda dori vositalari va tibbiy buyumlar harakatini samarali yuritish, jumladan, ehtiyojni aniqlash, xarid jarayoni, qabul qilish, taqsimlash va nazorat qilish tartiblari yuzasidan mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, ishtirokchilarga tizimdagi mavjud muammolar, ularning oldini olish mexanizmlari hamda korrupsiyaviy xavflarni kamaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi.
SSV matbuot xizmati.



