Ijtimoiy tarmoqlarda Prezidentimizning o'tgan yil noyabr oyidagi tegishli qarori asosida tibbiyot xodimlariga bir qator imtiyozlar berilgani
2026-06-12 14:45:00 / Yangiliklar

Sog'liqni saqlash vazirligi ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:
Prezidentimizning 2025 yil 9 noyabrdagi "tibbiyot va farmasevtika xodimlarini qo'llab-quvvatlash choralari to'g'risida"gi qarorida soha xodimlarini moddiy va ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga qaratilgan muhim imtiyozlar belgilangan.
Ushbu imtiyozlarni amalda adolatli, ochiq va shaffof tarzda qo'llash uchun arizalarni qabul qilish, talabgorlarni saralash, ustuvorlikni belgilash, mablag'ajratish hamda natijalarni monitoring qilishning yagona axborotlashtirilgan mexanizmini shakllantirish talab etiladi.
Shu bois vazirlik tomonidan qarorda belgilangan ipoteka va kontrakt to'lovining bir qismini qoplab berishni elektron tartibda, aniq mezonlar asosida amalga oshirish bo'yicha takliflar tayyorlanib, Davlat rahbariga axborot berildi.
Bu orqali Prezident qarorida ko'zda tutilgan imtiyozlarni inson omilisiz, shaffof va adolatli tarzda, tegishli vazirlik va idoralarning elektron platforma tizimlari orqali integrasiyalashtirilgan tartibda qo'llash maqsad qilingan. Unda yangi mexanizmni joriy etish bosqichlari, murojaat qilish tartibi va tanlov mezonlari aniq belgilangan. Bu esa kelgusida turli korrupsion holatlarning oldini olish bilan birga, belgilangan imtiyozlarning haqiqiy egalariga etib borishiga xizmat qiladi.
Shu ma'noda, kecha Prezident huzurida tibbiyot va farmasevtika xodimlariga berilgan imtiyozlar takror taqdim etilmadi. Balki ana shu imtiyozlarni shaffof va adolatli, korrupsiyadan xoli tarzda qo'llashga doir mexanizmlar yaratilganligi xususida axborot berildi.
Yaqin kunlarda ushbu mexanizmlarni tartibga solishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilinishi ko'zda tutilmoqda.
SSV matbuot xizmati.
