Poytaxtimizda V xalqaro farmasevtika forumi o'z ishini boshladi
2026-06-11 15:20:00 / Yangiliklar
Poytaxtimizda V xalqaro farmasevtika forumi o'z ishini boshladi. Bu Markaziy Osiyoda farmasevtika sohasida strategik muloqot va sheriklikni rivojlantirish uchun muhim professional maydon hisoblanadi.
Ikki kunlik forumda 20 dan ortiq mamlakatdan 250 nafardan ziyod delegatlar qatnashmoqda. Ishtirokchilar orasida etakchi xalqaro ishlab chiqaruvchilar, O'zbekiston bozoridagi yirik distribyutorlar, tartibga soluvchi organlar vakillari, investorlar va soha mutaxassislari bor.
SSV matbuot xizmati.
