Rasmiy munosabat
2026-06-06 20:35:00 / Yangiliklar
Unda 2023-2025 yillarda pulli tibbiy xizmatlar narxlarini shakllantirishda xatoliklarga yo'l qo'yilgani va jami 440 million so'm ortiqcha to'lov undirilgani qayd etilgan.
Ta'kidlash joizki, mazkur davrda pulli tibbiy xizmatlar narxlari 2017 yilda tasdiqlangan Nizom asosida shakllantirilgan.
Unda xizmat tannarxiga kiritiladigan xarajatlar belgilangan bo'lsa-da, ularning ayrimlarini bevosita yoki bilvosita xarajatlar tarkibiga kiritilishi bo'yicha aniq me'yorlar etarli darajada nazarda tutilmagan.
Shu sababli tibbiy xizmatlar tannarxini hisoblashda turlicha yondashuvlar qo'llanilib, ayrim xizmatlar narxiga ortiqcha xarajatlar kiritilgani aniqlangan.
Bugungi kunga kelib, tibbiyot muassasalari tomonidan yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar bartaraf etildi. Tibbiy xizmatlar narxlari Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 11 noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pulli xizmat ko'rsatish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 718-son qarori talablariga muvofiqlashtirildi.
Shuningdek, Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot muassasalarida pulli xizmatlar ko'rsatish, tariflarni shakllantirish, hisob-kitob jarayonlarini raqamlashtirish hamda nazoratni kuchaytirish bo'yicha zarur choralar ko'rilmoqda.
SSV matbuot xizmati.
