Prezidentimizning "Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to'g'risida"gi
2026-06-05 17:25:00 / Yangiliklar
Prezidentimizning "Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to'g'risida"gi qarori doirasida:

623 nafar bemor bola tibbiyot muassasalariga yotqizilib, ularning 217 nafarida yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o'tkazildi;
298 nafar onkologik, gematologik va onkogematologik tashxis qo'yilgan bemor tibbiyot muassasalariga joylashtirilib, ularning 27 nafarida murakkab jarrohlik operasiyasi bajarildi;
39 nafar shaxs tibbiyot muassasalariga yotqizildi va ularning 5 nafarida jigar va buyrak transplantasiyasi amalga oshirildi.
SSV matbuot xizmati.
