Ayni paytda Olmazor tumani Markaziy ko'p tarmoqli poliklinikasi to'la raqamlashtirilgan
2026-06-05 15:30:00 / Yangiliklar
Albatta, bu kabi yangiliklar tibbiyot xodimlari hamda aholi uchun keng qulaylik yaratmoqda. Xususan, tibbiy menejer muassasaga kelgan fuqarolarga, murojaat turidan kelib chiqib, elektron navbat olishiga, keksa hamda yordamga muhtoj kishilarning shifokor qabuliga kirishiga ko'maklashyapti. Umuman, u bemor marshrutini belgilab bermoqda.
SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada shu haqda so'z yuritiladi.
Eslatib o'tamiz: poytaxtimizda jami 2060 ta tibbiyot muassasasi bo'lib, shuning 1850 dan ziyodi xususiy klinikalardir. Hozir ularning aksariyati elektron tizim asosida ish olib bormoqda.
Toshkent shahar sog'liqni saqlash bosh boshqarmasiga qarashli davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan 23 ming nafar shifokor, farmasevt va hamshiralarning barchasi raqamli tizimdan unumli foydalanish ko'nikmasiga ega.
SSV matbuot xizmati.
