Samarqand davlat tibbiyot universitetida O'zbekiston allergolog va immunologlarining VI forumi bo'lib o'tdi
2026-06-03 10:50:00 / Yangiliklar
Samarqand davlat tibbiyot universitetida O'zbekiston allergolog va immunologlarining VI forumi bo'lib o'tdi. Unda sohaning etakchi olimlari, mutaxassislar hamda Avstriya, Turkiya, Qozog'iston kabi davlatlardan ekspertlar ishtirok etdi.
Tadbirda allergologik xizmat, bronxial astma, allergik rinit va molekulyar allergologik tashxisot, dori allergiyasi, atopik dermatitga oid dolzarb muammolar muhokama qilindi.
"O'zbekiston 24" telekanali tomonidan tayyorlangan videolavhada ushbu forum tafsilotlari haqida so'z yuritiladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
