Respublika tez tibbiy yordam markazining tegishli buyrug'i bilan Axtamov Tursunpo'lat Umarovich mazkur muassasaning Toshkent viloyati filiali direktori
2026-06-01 12:15:00 / Yangiliklar

T. Axtamov 2008 yilda Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
U faoliyati davomida bir qator tibbiyot muassasalarida mehnat qildi. Xususan, Buxoro shahar 8-poliklinikasi nevropatologi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida bo'lim mudiri hamda Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyati filiali direktori o'rinbosari lavozimlarida samarali faoliyat olib borgan.
Tayinlovga qadar T. Axtamov Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyati filiali direktori bo'lib ishlab kelayotgan edi.
Yangi rahbarga viloyat bo'yicha tez tibiy yordam tizimi koordinasiyasini ta'minlash, birlamchi bo'g'in bilan integrasiyani keng yo'lga qo'yish, hudud jug'rofiyasini hisobga olgan holda hamda favqulodda vaziyatlarda yanada tezkor ishlaydigan "103" tizimini yaratish kabi muhim vazifalar yuklatildi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
