Sog'liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug'iga ko'ra
2026-05-25 10:35:00 / Yangiliklar

Xususan:
Turkiyalik mutaxassis Ozkan Okuyuju markaz rahbarining ma'muriy va qo'llab-quvvatlash xizmatlari bo'yicha o'rinbosari sifatida ish boshladi.
O. Okuyuju dastlab Onadolu universitetining boshqaruv fakultetida tahsil olgan.
Keyinchalik Otaturk universitetida sog'liqni saqlashni boshqarish yo'nalishida bakalavr hamda Sakarya universitetida menejment va tashkilotchilik yo'nalishida magistratura bosqichini tamomlagan.
U turli yillarda Turkiyaning nufuzli Sakarya Geyve davlat shifoxonasida menejer, ma'muriy va moliyaviy masalalar bo'yicha rahbar vazifalarini bajarib kelgan.
***
Egamberdiev Dilshod Maxmudovich muassasa direktorining strategik rejalashtirish va jamoat salomatligi bo'yicha o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Ish faoliyati davomida Koreya Respublikasining Milliy onkologiya markazida malaka oshirgan.
Dunyo reytinglaridan joy olgan AQShning Tomas Jefferson universiteti, Chikago shimoli-g'arbiy universiteti, shuningdek, transplantasiya va gepatobiliar jarrohlik bo'yicha jahonda etakchi markazlardan biri bo'lgan "Thomas E. Starzl" transplantasiya institutida malaka oshirib qaytgan.
Natijada ASCO (Amerika klinik onkologiya jamiyati) va NCI (AQShning Milliy saraton instituti) grantlarini qo'lga kiritgan. Hozirda yurtimizda ushbu grantlar sohibi bo'lgan yagona mutaxassis sanaladi.
Tibbiyot fanlari nomzodi tayinlovga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining gepatopankreatobiliar soha o'smalari onkojarrohlik bo'limi ilmiy rahbari bo'lib ishlagan.
***
Xalmurzaev Oybek Avezxanovichga muassasa direktorining ilmiy ishlar va ta'lim bo'yicha o'rinbosari vazifasi yuklatildi.
U Toshkentdagi tibbiyot oliygohini tamomlab, aspirantura va doktoranturani Rossiyaning N. Bloxin nomidagi Milliy onkologiya tibbiyot-tadqiqot markazida o'qigan.
Rossiyaning yuqorida tilga olingan nufuzli markazida katta ilmiy xodim bo'lib ishlagan.
So'ng Germaniyaning Gamburg shahridagi etakchi Saarland universitet shifoxonasining klinik va eksperimental tadqiqotlar bo'limi ilmiy tadqiqotchisi sifatida faoliyat yuritgan.
Mutaxassis Evropa urologlar assosiasiyasi va Rossiya onkourologlar jamiyati a'zosi ham sanaladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
