Yurtimizga tashrif buyurgan
2026-05-13 17:55:00 / Yangiliklar
Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh kotibi o'rinbosari – BMT Aholishunoslik jamg'armasi (UNFPA) ijrochi direktori Diene Keyta boshchiligidagi delegasiya Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo'ldi.
Sog'liqni saqlash vazirligi mas'ullari va martabali mehmon o'rtasidagi muloqot davomida onalik va bolalikni muhofaza qilish, reproduktiv salomatlik, kadrlar salohiyatini oshirish kabi sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Bu haqda SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada batafsil so'z boradi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
