Xabar berganimizdek, Nukus shahrida O'zbekiston bolalar urologlari jamiyatining III xalqaro konferentsiyasi bo'lib o'tmoqda
2026-05-07 17:40:00 / Yangiliklar
Xabar berganimizdek, Nukus shahrida O'zbekiston bolalar urologlari jamiyatining III xalqaro konferentsiyasi bo'lib o'tmoqda.
Unda yurtimiz vakillaridan tashqari, AQSh, Rossiya, Turkiya, Frantsiya, Italiya, Janubiy Koreya, Braziliya, Belarus, Isroil, Qozog'iston, Tojikiston kabi qator davlatlardan etuk olimlar, mutaxassislar va ekspertlar qatnashyapti.
SSV matbuot xizmatining Nukusdan tayyorlangan videolavhasida ushbu tadbir tafsilotlari haqida so'z yuritiladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati
