Nukus shahrida O'zbekiston bolalar urologlari jamiyatining III xalqaro konferentsiyasi boshlandi
2026-05-07 10:25:00 / Yangiliklar

Aytish joizki, o'tgan yili Avstriyaning Vena shahrida bo'lib o'tgan Evropa bolalar urologlari assosiasiyasining 35-Kongressida 2,5 ming nafardan ziyod mutaxassislar safida bolalar milliy tibbiyot markazi direktori boshchiligidagi delegasiyamiz ham ishtirok etgandi.
E'tiborlisi, Kongressning ochilishi ushbu markaz mutaxassislarining ma'ruzasi bilan boshlangandi. O'shanda ishtirokchilar mamlakatimizning bu yo'nalishdagi yutuqlarini yuqori baholab, ilg'or tajribamizni o'rganishga katta qiziqish bildirgandi. Bu bejiz emas, albatta.
O'zbekiston bolalar urologiyasi yo'nalishida yuqori texnologik operasiyalar salmog'i va sifati bo'yicha dunyoning eng kuchli 20 ta davlati qatorida e'tirof etiladi. Bunda Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan to'rtinchi darajali bolalar milliy tibbiyot markazining salmoqli hissasi bor.
Bugungi anjumanda yurtimizda bu sohada qo'lga kiritilgan yutuqlar bilan birga, jahon miqyosidagi so'nggi tadqiqotlar natijalari, ilg'or diagnostika hamda davolash usullari, innovasion echimlar muhokama qilinmoqda.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati


