Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining chet el klinikalari va tibbiyot muassasalari
2026-04-30 11:45:00 / Yangiliklar
Muhimi, markaz dunyoning turli burchaklaridan kelgan chet ellik mutaxassislar uchun jalb qiluvchi maskanga aylangan. Shu kunlarda bu erda Moskva dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy markazi bo'lim mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Andrey Lvov bo'lib turibdi.
Tajribali mutaxassis Evropa dermatolog va psixiatrlar jamiyati Kengashi a'zosi, xalqaro dermatologiya jamiyati a'zosi, Germaniya dermatologik jamiyatining muxbir a'zosi hisoblanadi.
A. Lvov bu galgi safari chog'ida Farg'ona, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahrida og'ir bemorlarni ko'rikdan o'tkazmoqda. Muhimi, bu jarayonlar konsilium shaklida tashkil qilinib, mahalliy mutaxassislar uchun tajriba almashish maydoniga aylanyapti.
Etuk mutaxassis ishtirokidagi ma'ruzalar esa shifokorlarimizga jahon tibbiyotidagi yangiliklar, tashxislash va davolashning innovasion usullarini o'zlashtirish imkonini bermoqda.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
