OAV vakillari diqqatiga!
2026-04-25 15:20:00 / Yangiliklar
Sog'liqni saqlash vazirligi va Respublika tez tibbiy yordam markazi tomonidan "103" xizmatida olib borilayotgan islohotlar, bu yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlarga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkaziladi.

Unda vazirlik mas'ullari, markaz vakillari va soha xodimlari ishtirok etadi. Tadbirda jurnalistlarning barcha savollariga mas'ullar tomonidan atroflicha javob beriladi.
O'tkazish vaqti: 2026 yil 27 aprel kuni soat 10:00 da.
Manzil: Yangihayot tumanida joylashgan 13-sonli podstantsiya binosi.
Jurnalistlar soat 09:30 da Sog'liqni saqlash vazirligi binosidan olib ketiladi.
Matbuot anjumaniga barcha OAV vakillari va Blogerlar taklif etiladi.
Ro'yxatdan o'tish uchun: 903460746; 909447811
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
