Sog'liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug'i bilan Qurbonov Nizom Azizovich Qashqadaryo viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i etib tayinlandi
2026-04-20 15:30:00 / Yangiliklar

N. Qurbonov 2012 yil Samarqand davlat tibbiyot instituti (hozirgi Samarqand davlat tibbiyot universiteti)ning bakalavriat, 2016 yil magistratura bosqichlarini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Samarqand davlat tibbiyot universiteti kafedra mudiri, Qashqadaryo viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazining davolash ishlari bo'yicha bosh shifokor o'rinbosari, bosh shifokori kabi mas'ul lavozimlarda ishlagan.
Tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) N.Qurbonov tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'ining tibbiy yordamni tashkillashtirish bo'yicha birinchi o'rinbosari vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat ko'rsatib kelayotgan edi.
Yangi rahbarga tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlarni viloyat bo'yicha izchil tatbiq etish, birlamchi tibbiy yordam tizimini takomillashtirish, zamonaviy tashxislash va davolash usullari hamda murakkab jarrohlik amaliyotlarini, ixtisoslashgan xizmatlarni keng yo'lga qo'yish, raqamlashtirishni jadallashtirish va bu orqali tibbiyotni aholiga yanada yaqinlashtirish kabi qator vazifalar yuklatildi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
