O'zbekiston Respublikasi hisob palatasining tegishli buyrug'iga ko'ra
2026-04-16 17:45:00 / Yangiliklar

E.Turdiev 2012 yilda Toshkent moliya institutining bakalavriat va 2014 yilda magistratura bosqichini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligining amaliyot boshqarmasida turli mas'ul vazifalarda ishlagan.
Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) E.Turdiev tayinlovga qadar hisob palatasining O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini bajarishda ijro intizomiga rioya etilishini nazorat qilish sho''basi etakchi inspektori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Uning zimmasiga birinchi navbatda byudjet qonunchiligi buzilishi holatlarining oldini olish va ularning profilaktikasi, mablag'lardan foydalanishda xavflarni baholash va samaradorlikni tahlil qilish, davlat xaridlari jarayonlarining qonuniyligini ta'minlash hamda korrupsiyaviy xatarlarni o'rganish kabi qator vazifalar yuklatildi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
