Kongress o'z ishini davom ettirmoqda
2026-04-09 14:30:00 / Yangiliklar

Chunki bunday xastaliklar — butun insoniyat uchun global muammolardan biriga aylanib bormoqda. Shundan kelib chiqib, so'nggi yillarda mamlakatimizda onkologiya xizmati tubdan modernizasiya qilinyapti.
Jumladan, so'nggi 6 yilda bu sohada Prezidentning 4 ta qarori qabul qilindi hamda 16 ta onkologik muassasa to'la ta'mirdan chiqarildi. Kimyo preparatlariga 11 barobar ko'p mablag'ajratilib, ta'minot bu davrda 13 foizdan 97 foizga etkazildi. 250 nafardan ortiq mutaxassislar chet el klinikalarida malaka oshirib qaytdi.
250 ga yaqin yangi tekshirish va davolash usullari viloyat va tuman darajasiga tushirildi. Bemorlarning 80 foizida kasallik erta bosqichlarda aniqlanib, ularni samarali davolash choralari ko'rilmoqda.
Eng ahamiyatlisi, Toshkentda xalqaro talablarga mos onkologiya markazi ishga tushirilib, unda ilg'or diagnostika va muolaja usullari, zamonaviy laboratoriya, jarrohlik, stasionar, radioterapiya va yadro tibbiyoti xizmatlari yo'lga qo'yildi.
Markaz boshqaruviga xalqaro tajriba tatbiq etilib, turkiyalik mutaxassislar ishtirokida samarali menejment tizimi joriy etildi. Natijada tibbiy xizmat sifatini oshirish, innovasion texnologiyalarni yo'lga qo'yish va byurokratik to'siqlarni bartaraf etish bo'yicha muhim qadamlar tashlandi.
Tadbir kun tartibidan O'zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog'iston, qirg'iz Respublikasi hamda boshqa qator davlatlarning etuk olimlari, soha ekspertlari chiqishlari o'rin olgan bo'lib, neoad'yuvant va ad'yuvant terapiya, PD-L1 ingibitorlari, individual davolash strategiyalari hamda klinik qaror qabul qilish algoritmlari muhokama qilinmoqda.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.







