Sog'liqni saqlash vazirligi va O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida har hafta efirga uzatilayotgan tibbiy teleqabul...
2024-06-30 09:55:00 / Yangiliklar
Sog'liqni saqlash vazirligi va O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida har hafta efirga uzatilayotgan tibbiy teleqabul — "xasta bo'lmang" dasturi qisqa vaqt ichida muxlislarning sevimli ko'rsatuviga aylandi.
Ushbu ko'rsatuvning kechagi sonida Respublika ko'z kasalliklari klinik shifoxonasining bosh shifokori Otabek Ikromov boshchiligida eng malakali oftalmologlar ishtirok etdi.
Dasturni bugun soat 18:00 da "O'zbekiston" telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
