Prezidentimiz o'tgan yil noyabr oyida tibbiyot va farmasevtika xodimlari bilan o'tkazilgan yig'ilishda sohada xalq bahosi eshitiladigan tizim joriy qilinishini qayd etgan edi
2026-04-06 11:25:00 / Yangiliklar
Prezidentimiz o'tgan yil noyabr oyida tibbiyot va farmasevtika xodimlari bilan o'tkazilgan yig'ilishda sohada xalq bahosi eshitiladigan tizim joriy qilinishini qayd etgan edi.
Buning uchun qaysi mahalla, qaysi tumanda qanday kasalliklar ko'paygani yoki kamayganini tahlil qilib, ularning oldini olish va samarali davolash bo'yicha aniq reja bilan ishlash topshirig'i berilgandi.
Shunga muvofiq, Respublika ixtisoslashgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining etakchi shifokorlari chekka va olis tumanlar, mahallalarga borib, kasalliklarning kelib chiqish sabablarini o'rganmoqda.
Samarqand viloyatining Urgut tumanidan tayyorlangan videolavhada shu haqda so'z yuritiladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
