Erta turmush qurish holatlarining oldi olinadi
2026-03-04 09:30:00 / Yangiliklar

Unga ko'ra:
2027 yildan har ikkala taraf kamida 21 yoshga to'lganda 1-marotaba nikoh tuzgan yosh oilalar uchun:
davlat tomonidan qo'shimcha imtiyoz va boshqa shakldagi qo'llab-quvvatlash choralari taqdim etiladi;
ushbu oilalar ijtimoiy reestrga kiritilganda, oilalar a'zolariga taqdim etiladigan moliyaviy ko'maklar (subsidiya, ssuda, grantlar) qonunchilikda belgilangan miqdorlardan 1,5 baravarga oshirilgan holda beriladi;
nikoh shartnomasini tuzgan nikohlanuvchilar nikohni qayd etish uchun belgilangan davlat bojidan ozod etiladi.
Shuningdek, hujjatga ko'ra, homilador talaba-qizlarga yoki 3 yoshgacha bo'lgan farzand tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi talabalarga oliy ta'lim olish uchun "ikkinchi imkoniyat" yaratish maqsadida 2026/2027 o'quv yilidan:
kursdan kursga qolgan yoxud talabalar safidan chiqarilgan shaxslarga, istisno tariqasida, fanlar farqini qayta o'zlashtirish sharti bilan ta'limni davom ettirish imkoni yaratiladi;
talabalar fanlar farqini mustaqil o'zlashtirishi uchun qo'shimcha muddat beriladi va boshqa zarur shart-sharoitlar tashkil etiladi.
Shuningdek, voyaga etmagan shaxslar bilan nikoh tuzishga da'vat etganlik (qiziqtirganlik) va uni targ'ib qilganlik uchun ma'muriy javobgarlikni belgilash to'g'risidagi taklif ma'qullandi.
2026 yil 1 sentyabrdan nikoh yoshi to'g'risidagi Qonunchilik yoki nikoh tuzish tartibini buzishga oid huquqbuzarliklar uchun undirilgan jarimaning 15 foizi bunday holat haqida xabar bergan shaxslarni rag'batlantirishga yo'naltiriladi.
