Tezkor: tibbiyot yo'nalishiga o'qishga kirishda imtiyoz beruvchi milliy sertifikat natijalari e'lon qilindi
2024-06-12 14:55:00 / Yangiliklar

Talabgorlar o'z natijalarini my.gov.uz saytining "mening arizalarim" bo'limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo'lib, talabgorlarga to'plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
65 – 69,9 ball — A daraja;
60 – 64,9 ball — B+ daraja;
55 – 59,9 ball — B daraja;
50 – 54,9 ball — C+ daraja;
46 – 49,9 ball — C daraja.
Ma'lumot uchun, sertifikatga ega abiturientlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proportsional ball;
A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.
Shunda kimyo fanidan milliy sertifikatga ega Abiturient tibbiyot yo'nalishiga hujjat topshirgan bo'lsa, to'plagan baliga ko'ra, mazkur mutaxassislik fani bo'yicha maksimal ball yoki proportsional ball olishi mumkin.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
