Shu kunlarda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti va AQShning Sent-jud bolalar tadqiqot shifoxonasi vakillari mamlakatimizda bo'lib turibdi
2026-02-24 17:25:00 / Yangiliklar
Shu kunlarda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti va AQShning Sent-jud bolalar tadqiqot shifoxonasi vakillari mamlakatimizda bo'lib turibdi. Mehmonlar yurtimizda bolalar onkologiyasini erta tashxislash va davolash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishmoqda.

Bugun ular "Uzbekistan Airports Cargo" logistik majmuasi hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasining vaktsinalar omboriga tashrif buyurib, onkologik dori vositalarini "sovuqlik zanjiri" asosida saqlash va tashish jarayonlarini ko'zdan kechirishdi.
Xalqaro ekspertlar bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyati bilan ham tanishdi.
Ayni paytda delegasiya Toshkent shahar ko'p tarmoqli shifoxonasidagi "Taskin" bolalar onkologik xospisida bo'lib turibdi.
SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.








