Buxoro tibbiyot yo'nalishidagi xalqaro talabalar forumiga mezbonlik qildi
2026-02-23 18:15:00 / Yangiliklar

Anjuman tibbiyot sohasida tahsil olayotgan xorijiy yoshlarning bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash, ular o'rtasida ilmiy muloqotni rivojlantirish hamda o'zaro tajriba almashishga xizmat qildi.
Tadbirda mamlakatimizning 10 dan ortiq oliy ta'lim muassasalari bilan birga, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistondan etakchi universitet jamoalari ishtirok etdi.
Forum doirasida o'tkazilgan olimpiadada talabalar bir qator yo'nalishlar bo'yicha o'z nazariy va amaliy bilimlarini sinovdan o'tkazdi. Shuningdek, ilmiy konferentsiya va seminarlar orqali tibbiyotdagi zamonaviy yondashuvlar va yangi tadqiqotlar muhokama qilindi. Bu esa yoshlar uchun muhim muloqot maydoni bo'ldi.
Yakunda g'olib jamoalarga kubok, diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.


