Sog'liqni saqlash vazirining tegishli buyrug'i bilan Xo'janazarov Ilhom Eshqulovich Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiallar
2026-02-20 19:00:00 / Yangiliklar

I. Xo'janazarov 1996 yili Samarqand davlat tibbiyot institutini, 2000 yilda Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tekshirish instituti klinik ordinaturasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Toshkent tibbiyot akademiyasida kafedra assistenti, dosenti hamda Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi katta ilmiy xodimi kabi mas'ul vazifalarda faoliyat olib borgan.
Shuningdek, AQShning Pensilvaniya universiteti ortopedik xirurgiya departamenti hamda Sankt-Peterburgdagi Travmatologiya va ortopediya milliy tibbiyot ilmiy-tadqiqot markazida ilmiy tadqiqotlar olib borgan.
Tibbiyot fanlari doktori, professor I. Xo'janazarov tayinlovga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo'lim mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Uning zimmasiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatni mahallalar darajasiga tushirish, joylarda kasalliklar dinamikasini o'rganish, sun'iy intellekt texnologiyalari va yangi diagnostika, davolash usullarini hududlardagi tibbiyot muassasalarida tatbiq etish, mahalliy shifokorlar malakasini oshirish kabi qator vazifalar yuklatildi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
