Sog'liqni saqlash vazirining tegishli buyrug'i bilan Ergashev Sheroz Shuhratovich Buxoro viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'ining raqamlashtirish
2026-02-13 18:10:00 / Yangiliklar

Sh. Ergashev 2007-2011 yillarda Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi institutining informatika va axborot texnologiyalari yo'nalishida tahsil olgan.
Faoliyati davomida Buxoro tibbiyot kolleji o'qituvchisi, "O'zbektelekom" AK viloyat filiali mutaxassisi, Buxoro viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi raqamlashtirish sektori bosh mutaxassisi kabi vazifalarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Sh. Ergashev Xorazmdagi nodavlat ta'lim muassasasi direktori lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.
Yangi rahbarga Buxoro viloyatida tibbiyotni raqamlashtirish jarayonini yanada tezlashtirish, axborot tizimlari to'la ishlashini ta'minlash, tizimga sun'iy intellekt texnologiyalarini keng tatbiq etish, xodimlar bilim va ko'nikmalarini oshirish bilan bog'liq dolzarb vazifalar yuklatildi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
