Bugungi kunda Buxoro viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi viloyatda istiqomat qiluvchi 600 ming nafardan ziyod bolalarga 24 yo'nalishdagi...
2024-05-28 10:00:00 / Yangiliklar
Bugungi kunda Buxoro viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi viloyatda istiqomat qiluvchi 600 ming nafardan ziyod bolalarga 24 yo'nalishdagi ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko'rsatib kelmoqda.
Hozirda turli og'ir xastaliklarga chalingan jajji bemorlarda ko'plab murakkab jarrohlik amaliyotlari shu erning o'zida bajarilyapti. Masalan, o'tgan yil markazda 3300 dan ortiq operasiyalar o'tkazilgan bo'lsa, shulardan 653 tasi Laparoskopik, torakoskopik, neyroxirurgik va boshqa turdagi yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlaridir.
Eng muhimi, ushbu operasiyalarning aksariyati kam invaziv usulda bajarilib, buning natijasida bemorlarning shifoxonada reabilitasiya o'tash davri qisqardi.
SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan yuqoridagi videolavhada ushbu markaz faoliyati haqida batafsil so'z boradi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
