"ELEKTRON RESEPT" TIZIMI BO'YICHA JAMOATCHILIKDAN KELIB TUSHGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR
2025-12-13 09:30:00 / Yangiliklar
Javob: Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8 sentyabrdagi 570-son qaroriga muvofiq, jismoniy holati sabab tibbiyot muassasasiga kela olmaydigan va yotib qolgan bemorlar uchun dori vositalari yaqin qarindoshlari yoki qonuniy vakillari tomonidan elektron resept asosida olinadi.
Shoshilinch holatlarda tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilinadi.
Shuningdek, Sog'liqni saqlash vazirining 2025 yil 19 noyabrdagi 355-son buyrug'i bilan bemorga dori vositalarini shoshilinch ravishda yoki zudlik bilan berish zarur bo'lgan taqdirda, resept blankasining yuqori qismiga "cito" (shoshilinch) yoki "statim" (zudlik bilan) belgisi qo'yilishi belgilangan.
Bunday belgilar reseptni dorixona va tibbiy amaliyotda shoshilinch zaruriyatini ko'rsatadi.
Savol: Agar tungi payt tish qattiq og'rib qolsa, ammo og'riq qoldiruvchi dori bo'lmasa, nima qilish kerak?
Javob: reseptsiz dori vositalar ro'yxatiga og'riqsizlantiruvchi dorilar kiritilgan bo'lib, ulardan foydalanish mumkin.
Shuningdek, bunday hollarda bemorlar o'zi yoki tez tibbiy yordam xizmati orqali tegishli tibbiyot muassasalarining shoshilinch qabul bo'limlariga murojaat qilishlari tavsiya etiladi.
Savol: surunkali kasallikka chalingan va doimiy dori qabul qiladigan bemorlar bilan qanday yo'l tutiladi? Ular har bir qabul uchun shifokorga borib, alohida resept oladimi?
Javob: Sog'liqni saqlash vazirining 2025 yil 19 noyabrdagi 355-son buyrug'iga muvofiq, surunkali xastaligi bor bemorlarga ambulator sharoitda resept yozilganda, anabolik faollikka ega ayrim dori vositalari istisno tariqasida 60 kunlik, ba'zi dori vositalari esa 90 kunlik davolash kursiga etarli miqdorda belgilanishi ko'rsatilgan.
Shuningdek, bunday bemorlarga "elektron resept" bo'yicha kafolatlangan paketga kiritilgan dori vositalari dorixonalar tomonidan reimbursasiya dasturi asosida 30 kunlik davolash kursiga etarli miqdorda bepul beriladi.
Savol: Agar shanba kuni kechqurun yoki yakshanba kuni isitma ko'tarilsa, qanday yo'l tutish kerak? Birgina paratsetamol tabletkasi uchun ham "tez yordam" chaqirishga to'g'ri keladimi?
Javob: reseptsiz dori vositalar ro'yxatiga isitma tushiruvchi (paratsetamol, Ibufast, Fevalgan va boshqalar) dorilar kiritilgan bo'lib, ulardan foydalanish mumkin.
Agar isitma 38-38,5°S dan yuqori bo'lsa, bolada holsizlik, tinimsiz yig'lash, tirishish, nafas olish qiyinlashishi, katta yoshdagilarda kuchli umumiy holsizlik, ko'krak sohasida og'riq, hushdan ketish kabi xavfli belgilar kuzatilsa tez tibbiy yordam xizmati yoki tegishli tibbiyot muassasalarining shoshilinch qabul bo'limlariga murojaat qilishlari lozim.
Bunda shoshilinch qabul bo'limlari shifokorlari tomonidan ambulator qabul uchun dori vositalarga resept yozib berilishi mumkin.
Savol: ayrim hollarda hayvonlar odamlar uchun mo'ljallangan dori vositalari bilan davolanadi. Shu bois, zarurat tug'ilganda hayvonlarni davolash uchun reseptni kim yozib beradi?
Javob: amaldagi tartibga muvofiq, tibbiyot tashkilotlari tomonidan faqat bemorlarga beriladigan dori vositalari uchun elektron resept tayinlash mumkin. Bunda hayvonlarga dori vositasini tayinlash tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Savol: allergiyaga qarshi dorilar ham resept bilan beriladimi? Agar tunda allergiya xuruji boshlansa va shoshilinch yordam kerak bo'lsa, nima qilish lozim?
Javob: allergiyaga qarshi dorilar reseptsiz beriladigan dori vositalari ro'yxatiga kiritilgan bo'lib, ushbu ro'yxat 25 turdagi dori vositasini o'z ichiga oladi. Agar xuruj tunda boshlansa, ushbu dorilarni eng yaqin dorixonalardan olish mumkin. Shuningdek, zaruratga ko'ra, bunday hollarda tez tibbiy yordam xizmati orqali tegishli tibbiyot muassasalarining shoshilinch qabul bo'limlariga murojaat qilish maqsadga muvofiq.
Savol: avtomobil aptechkalari va ofislardagi birinchi yordam aptechkalari masalasi qanday hal etiladi?
Javob: avtomobil aptechkalari ro'yxatiga kiritilgan dori vositalari hamda tibbiy buyumlar reseptsiz dori vositalar ro'yxatiga kiritilgan.
Shuningdek, ofislarda ham reseptsiz beriladigan dori vositalaridan jamlanma qilish mumkin.
Savol: Agar stress tufayli yoki yosh bilan bog'liq holda to'satdan yurak siqilishi kuzatilsa, korvalol va validol dorilari qanday olinadi?
Javob: korvalol, valeriana, validol dori vositalari reseptsiz dori vositalari ro'yxatiga kiritilgan bo'lib, dorixonalardan reseptsiz olish mumkin. Shuningdek, har qanday yurak hurujlari kuzatilganda tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilish maqsadga muvofiq.
Savol: Agar chet el fuqarosida oddiy bosh og'rig'i yoki odatlanmagan ovqat iste'moli natijasida oshqozon og'rig'i kuzatilsa, u qanday yo'l tutadi?
Javob: reseptsiz beriladigan dorilar ro'yxatiga og'riq qoldiruvchi dori vositalari kiritilgan.
Shuningdek, Sog'liqni saqlash vazirining buyrug'i bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga tibbiy yordam ko'rsatish tartibi tasdiqlangan.
Ushbu tartibga ko'ra, ular tibbiy yordam olish uchun tegishli tibbiy muassasalariga murojaat etishlari mumkin.
O'zbekiston Respublikasi
Sog'liqni saqlash vazirligi
