Press-relizlar

Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida tashkil etilgan press-tur press-relizi
Ijtimoiy himoya borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida ana shu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qator vazifalar belgilangan.
Farmon ijrosi doirasida turli vazirliklar tarkibida tarqoq faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xizmatlar birlashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, shuningdek, Agentlikning viloyat boshqarmalari, tuman va shaharlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etildi.
"Inson" markazi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam yagona tizimga jamlanib, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat va yordamlar yagona dastur doirasida muvofiqlashtirib borilmoqda. Ayni kunda Navoiy viloyatida mavjud 11 ta "Inson" markazida 100 dan oshiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari, markazda psixolog xizmati, huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert maslahatchilar (yuristlar), tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.
Shu paytga qadar Navoiy viloyatida tuman va shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga 104 104 ta xizmat va yordamlar ko‘rsatildi. Jumladan:
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan 1099 nafar bola PTPK ko‘rigiga yo‘naltirildi;
Tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga duch kelgan ayollar va ularning farzandlariga 2 050 ta ijtimoiy xizmat va yordamlar;
Farzandni vasiylik yoki homiylikka olish hamda farzandlikka olish masalalarida fuqarolarning 3 455 ta murojaati ko‘rib chiqilib, zarur xulosalar berildi;
Kam ta’minlangan oilalarga 21 389 ta ta ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatildi;
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga 12 456 ta ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatildi;
O‘zgalarni parvarishigi muhtoj bo‘lgan yolg‘iz va yolg‘iz yashovchi shaxslarga 6 242 ta ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatildi;
4 503 nafar shaxs protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlandi;
3 591 nafar fuqaroga psixologik xizmat ko‘rsatildi;
2 432 nafar fuqaroga yuridik konsultatsiya berildi;
23 ming 958 nafar fuqaroga sanatoriy uchun yo‘llanma olishga ariza kiritildi;
22 ming 929 nafar fuqaro boshqa turli ijtimoiy xizmatlar va yordamlar bilan qamrab olindi.
Bugun davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joylarda tashkil etilgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari inson manfaatlarini himoya qilishda yakdil ko‘makchiga aylandi. Mahallalar darajasida aholiga individual yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish orqali ko‘plab og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarimizning ijtimoiylashuviga erishilmoqda.
Xususan, Xatirchi tumanidagi mahallalarda kompleks xizmat ko‘rsatuvchi 70 nafar ijtimoiy xodimlar tomonidan jami 1459 ta keys (ijtimoiy ish) ochilgan bo‘lib, shundan buguni kunga qadar 1392 tasi bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilib, fuqarolarning og‘iri yengil bo‘ldi.
Foydalanishga topshirilgan yangi binoda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, xususan, panduslar, Brayl alifbosidagi yozuvlar hamda shinam va yorug‘ xonalar. Shuningdek, markazda psixolog xizmati, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini har tomonlaman qo‘llab-quvvatlashga va fuqarolarning hayot darajasi va sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
