Navoiy davlat universiteti — Turkiya Respublikasi YÖK tomonidan tan olindi!
2025-09-25 08:55:00 / Yangiliklar
Joriy o‘quv yilining dastlabki kunlari NavDUning xalqaro miqyosdagi nufuzi va keyingi faoliyati uchun yangi ufqlarning ochilganligi bilan keng jamoatchilikni, xususan, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarni mamnun etdi.

Turkiya Respublikasi YÖK (Oliy Ta’lim Kengashi) tomonidan Navoiy davlat universiteti xalqaro tan olingan universitetlar ro‘yxatiga kiritilganligi e‘lon qilindi.
Endi universitet talabalari uchun:
- barcha diplomlar Turkiyada rasmiy tan olinadi;
- Turkiya OTMlari bilan akademik hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi;
- Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi amalga oshiriladi;
-Qo‘shma dasturlar, ilmiy maqolalar va xalqaro konferensiyalar tashkil etiladi.
Bu esa talaba va bitiruvchilar uchun yangi ufqlar va cheksiz imkoniyatlar demakdir!
