YAYLOV YERGA BIRINCHI CHIGITLAR QADALDI
2025-05-14 14:55:00 / Yangiliklar
Konimex tumani tarixida ilk marotaba qarovsiz yaylov maydonlaridan samarali foydalanish, qishloq xo'jaligi sohasiga investitsiya kiritib, yangi ish o'rinlari yaratish maqsadida yaylov yerga ilk chigitlarni qadash ishlari boshlab yuborildi.

Тuman hokimi Ruslan Ro'ziyev "Yuksalish” MFY Kengsoy hududida o'zlashtirilgan yaylov maydonlariga
investitsion loyiha doirasida “Navoiy World Agrotech” MCHJ bilan hamkorlikda ilk chigitlarni qadash ishlari bilan tanishdi.

