TOŞRABOTDA YANGI MAJMUA FOYDALANIŞGA TOPŞIRILDI
2026-11-23 10:25:00 / Sport va madaniyat

Dastur doirasida "Toşrabot" mahallasi hududidagi eski futbol stadioni ta’mirlanib, zamonaviy sport va dam oliş maskaniga aylantirildi.
🎙 Mazkur obyektning oçiliş marosimida tuman hokimi Alisher Rashidov so‘zga chiqib, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun munosib sharoitlar yaratish hamda mahalla tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
💎Loyiha doirasida stadion atrofida 500 metrlik soğlomlaştiriş yölagi barpo etildi, tomoşabinlar uçun 400 ta örindiq örnatildi. Sport maydoni 4 ta yoritiş minorasi bilan taʼminlandi, hududda suv oqiziş ariqlari qurildi hamda jismoniy maşqlar maydonçasi taşkil etildi.
♻️Şuningdek, mahalla hududidagi kiçik boğ obodonlaştirilib, 15 ta yoritiş çiroği, 3 ta soyabon, çiqindi taşlaş qutilari örnatildi, yölaklarga toş yotqizildi. Bolalar uçun zamonaviy öyin maydonçasi va jismoniy maşqlar maydonçasi barpo etildi.
📨Yangi sport majmuasi va obodonlaştirilgan hudud mahalla aholisi, ayniqsa, yoşlar va bolalarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişi, soğlom turmuş tarzini şakllantirişi hamda aholi uçun qulay muhit yaratişga xizmat qiladi.



