“YANGI TOŞKENT” LOYIHASI: NAVOIY VILOYATI UÇUN BELGILANGAN REJALAR
2026-11-19 12:10:00 / Yangiliklar
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov “Yangi Toşkent” loyihasi doirasida viloyatimiz uçun ajratilgan 100 gektar yer maydonida bölib, hududda belgilangan rejalar va amalga oşirilayotgan tayyorgarlik işlari bilan tanişdi.

Mazkur hududda barpo etilişi rejalaştirilgan zamonaviy köp qavatli turar joylar, ijtimoiy soha ob’yektlari, yaşil hududlar hamda muhandislik-kommunikatsiya va yöl infratuzilmasi loyihalari közdan keçirildi.
Master-rejaga muvofiq, 100 gektar maydonda 3,5 ming xonadonli 42 ta köp qavatli turar joy, 2 ta umumta’lim maktabi, 3 ta maktabgaça ta’lim taşkiloti, klinikalar, savdo va maişiy xizmat körsatiş ob’yektlari hamda sayilgohlar barpo etilişi belgilangan.
Şuningdek, loyihani amalga oşirişga mahalliy tadbirkorlar va xorijiy investorlarni jalb etiş, quriliş işlarini öz vaqtida va sifatli taşkil qiliş, zarur infratuzilmani şakllantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.



