Navbahorda 15 ming tupga yaqin ko‘chat ekildi
2026-11-13 16:30:00 / Ekologiya
Navbahor tumani "Qorajon" mahallasidagi 12 gektar maydonda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.

Unda korxona va tashkilot xodimlari, nuroniylar, yoshlar, xotin-qizlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etib, hududga 15 ming tupga yaqin manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekishdi.
Tashabbusdan ko‘zlangan maqsad — yashil hududlarni kengaytirish, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash va mahalla qiyofasini yanada obodonlashtirish.
Bugungi mehnat ertangi avlod uchun sog‘lom ekologik muhit yaratishga xizmat qiladi.




