Suyultirilgan gaz yetkazib berishda mas’uliyat va shaffoflik muhim
2026-11-10 18:25:00 / Yangiliklar
Navoiy viloyatida aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash, maishiy gaz ballonlarini yetkazib berish jarayonlari o‘rganildi.

O‘rganish ishlari «Hududgaz Navoiy» gaz ta’minoti filialida o‘tkazilib, elektron dastur orqali gaz yetkazib berish davriyligi va mavjud holat tahlil qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda 107 ming 113 nafar suyultirilgan gaz iste’molchisi mavjud bo‘lib, ularga xizmat ko‘rsatish uchun 27 ta maxsus texnika jalb etilgan.
O‘rganish davomida gaz ballonlarini o‘z vaqtida yetkazish, chekka hududlarda ta’minot uzluksizligini ta’minlash, murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish hamda korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.


