AHOLI XAVFSIZLIGI YO‘LIDA: RAQAMLAR, NATIJALAR VA VAZIFALAR
2026-11-09 13:50:00 / Matbuot anjumanlari

Unda ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlarga viloyatda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xonadonlarida profilaktik tadbirlarni tashkil etish, qutqaruv bo‘linmalarining mavsumga tayyorgarligi va sohadagi dolzarb vazifalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Matbuot anjumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar natijalari ham keltirildi. Xususan, 44 ta ishchi guruh tomonidan 50 883 ta aholi turar joyi va 36 149 ta ko‘p qavatli uy xonadonlari o‘rganildi. O‘rganishlar davomida aniqlangan isitish pechlari, dudburonlar va gaz uskunalari bilan bog‘liq texnik kamchiliklar bartaraf etildi.
Shuningdek, viloyatdagi 330 ta mahallaning har birida «Mahalla muhofazasi inspektori» faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, aholi bilan mahallabay va xonadonbay ishlash orqali mavjud xavf-xatarlarni oldindan aniqlash va bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani alohida qayd etildi.
Bundan tashqari, sel va suv toshqinlari xavfi mavjud hududlarda aholi xavfsizligini ta’minlash, vaqtincha ko‘chirilishi lozim bo‘lgan xonadonlarni aniqlash, maxsus texnikalar va qutqaruv kuchlarining doimiy shayligini ta’minlash borasidagi ishlar haqida ham axborot berildi.
Anjuman davomida jurnalist va blogerlar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr almashdilar.



