SIZ HAM KIBERFIRIBGARLAR QURBONIGA AYLANIB QOLMAYAPSIZMI?
2026-10-30 15:50:00 / Matbuot anjumanlari

Anjumanda kiberjinoyatlarning oldini olish, internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish, kibergigiyena qoidalariga amal qilish hamda aholining kiberxavfsizlik borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar asosan zararli APK ilovalari, soxta qo‘ng‘iroqlar, onlayn savdo va soxta treyding kabi usullar orqali sodir etilmoqda.
Viloyatda ushbu turdagi jinoyatlarning oldini olish va aholini kibertahdidlardan ogohlantirish maqsadida tizimli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan:
🔹 4 950 marotaba targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi;
🔹 Kiberxavfsizlikni targ‘ib qiluvchi 1 280 ta videomaterial, 426 869 ta tarqatma material va flayerlar, 921 ta banner tayyorlandi;
🔹 Ommaviy axborot vositalari orqali 2 439 marotaba chiqishlar amalga oshirildi;
🔹 Viloyatdagi 370 mingdan ortiq aholining telefon qurilmalariga «APK Qo‘riqchi» mobil ilovasi o‘rnatildi;
🔹 IIBning «ANTIXACKBOT» Telegram botiga 1 700 dan ortiq guruh ulanib, 550 mingdan ortiq fuqaroni zararli APK viruslaridan himoyalash choralari ko‘rilmoqda.
Matbuot anjumani yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari hamda keng jamoatchilikni kibermadaniyatni yuksaltirish oyligida faol ishtirok etishga, aholi o‘rtasida kiberxavfsizlik qoidalarini keng targ‘ib qilish va kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbirlarda hamkorlik qilishga chaqirildi.
Unutmang: kiberxavfsizlik — har bir fuqaroning shaxsiy mas’uliyati!



