SARMISHSOY — TARIX, TABIAT VA SALOMATLIK MASKANI
2026-10-28 11:15:00 / Yangiliklar
Navbahor tumanida tashkil etilgan infotur doirasida xorijiy va respublika ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar Sarmishsoyga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida ishtirokchilar qadimiy qoyatosh suratlari, boy tarixiy-madaniy meros va betakror tabiat manzaralari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, hududdagi zamonaviy turizm va sog‘lomlashtirish markazi faoliyati, sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar, dam olish va sog‘lomlashtirish imkoniyatlari haqida ma’lumot oldilar.
Qadimiy tarix, go‘zal tabiat va zamonaviy sog‘lomlashtirish imkoniyatlarini o‘zida mujassam etgan Sarmishsoy Navbahor tumanining o‘ziga xos sayyohlik maskanlaridan biridir.
Mazkur infotur hududning boy tarixi, tabiiy go‘zalligi va turizm salohiyatini keng targ‘ib etish, mahalliy hamda xorijiy sayyohlar e’tiborini jalb qilishga xizmat qiladi.





