HAVOGA NIMALAR CHIQARILYAPTI? NAVOIYDA EKOLOGIK NAZORATNING «KO‘ZLARI»
2026-10-27 16:15:00 / Matbuot anjumanlari
Navoiy viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi rahbariyati ishtirokida, viloyat hokimligi Axborot xizmati hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida o‘tkazilayotgan press-tur davomida sanoat korxonalarida atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar ustidan nazorat qilish tizimi bilan yaqindan tanishildi.

🔎 E’tibor markazida — avtomatik monitoring stansiyalari.
Ishtirokchilar atmosfera havosiga chiqarilayotgan tashlanmalarni tahlil qiluvchi avtomatik monitoring stansiyalarining ishlash jarayoni, ularning ekologik nazoratdagi ahamiyati hamda havo sifatini kuzatish imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdi.
📊 Ma’lumot uchun, Navoiy viloyatida atmosfera havosi holatini kuzatish maqsadida jami 104 ta qurilma — 13 ta avtomatik monitoring stansiyasi va 91 ta avtomatik stasionar kuzatuv posti o‘rnatilgan.
Press-turdan ko‘zlangan maqsad — ekologik nazorat mexanizmlarini jamoatchilikka ochiq namoyon etish, havo sifatini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida xolis va ishonchli ma’lumot berish.







