Zarafshonda avtomobil transporti xodimlari kuni munosabati bilan avtoshou tashkil etildi
2026-10-24 10:00:00 / Yangiliklar
Bugun Zarafshon shahrida "Avtomobil transporti xodimlari kuni" munosabati bilan tashkillashtirilgan avtoshou boʻlib oʻtdi. Unda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar prokurori Shavkat Shernazarov, shahr IIB boshligʻi Sardor Latipov, NKMK AJ MKB direktori Otabek Mustakimov va mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etishdi.

Shou avvalida shahar hokimi, MKB direktori va ATB direktori soʻzga chiqishib, avtomobil transporti xodimlari va shahar aholisini bugungi kasb bayrami bilan samimiy tabriklashdi.
Shundan soʻng NKMK AJ tarkibidagi korxonalarda faoliyat yuritadigan yengil avtomobil haydovchilari ishtirokida musobaqa tashkil etildi. Shuningdek, togʻ-kon sanoatida foydalaniladigan ogʻir yuk tashuvchi avtotransport vositalari koʻrgazmasi va ish jarayonidan lavhalar namoyish etildi.






