TA’LIM SIFATI VA ZAMONAVIY IMKONIYATLAR: NAVOIYDA PRESS-TUR
2026-10-22 11:05:00 / Matbuot anjumanlari

Press-tur doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari 23-maktabda bo‘lib, ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayoni, ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
📊 Navoiy viloyati ta’lim tizimi raqamlarda:
🔹 Viloyatda 367 ta umumta’lim maktabi faoliyat yuritmoqda.
🔹 Maktablarda 195 ming nafardan ortiq o‘quvchi ta’lim olmoqda.
🔹 Ta’lim sifatini baholashning yangi tizimi 202 ta maktabda joriy etilishi belgilangan.
🔹 Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablarda natijadorlik ko‘rsatkichi 72,5 foizdan 81 foizga ko‘tarilgan.
🔹 So‘nggi besh yilda maktablarda 20 780 ta yangi o‘quvchi o‘rni yaratilgan.
🔹 300 dan ortiq maktabga 10 ming dona kompyuter, 200 ta maktabga esa 2 480 dona elektron doska va laboratoriya jihozlari yetkazib berilgan.
Press-turdan ko‘zlangan maqsad — ta’lim muassasalaridagi o‘zgarishlarni joyida o‘rganish, erishilayotgan natijalarni keng jamoatchilikka yetkazish hamda sohadagi dolzarb vazifalarni yoritish.
📚 Ta’lim sifati — kelajak taraqqiyotining muhim omili!



