NAVOIY VILOYATIDA RESPUBLIKA MIQYOSIDAGI KO‘RGAZMALI SEMINAR O‘TKAZILMOQDA
2026-10-16 10:40:00 / Yangiliklar
Bugun Navoiy viloyatida yaylov yerlaridan samarali foydalanish va chorvachilikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan respublika miqyosidagi ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarda respublika hududlaridan kelgan soha vakillari Navoiy viloyatida yaylov maydonlarini o‘zlashtirish, cho‘l-yaylov o‘simliklari qoplamini tiklash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va chorvachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda.
Tadbir davomida Konimex va Qiziltepa tumanlaridagi ilg‘or tajribalar o‘rganilib, yaylov resurslaridan samarali foydalanish hamda chorvachilik loyihalarini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashilmoqda.

