Qadimiy karvonlar yo‘lida — zamonaviy avlod uchun yangi manzil!
2026-09-23 17:10:00 / Matbuot anjumanlari

Loyihaning strategik joylashuvi uni bir vaqtning o‘zida bir nechta hudud aholisi va sayohatchilari uchun qulay maskanga aylantirishi ko‘zda tutilmoqda.
Navoiy — 1,1 mln, Buxoro — 2,1 mln aholi, shuningdek Paxtachi, Narpay va Kattaqo‘rg‘on tumanlarining qariyb 800 ming nafar aholisi uchun «MALIK KARVON Family Park» zamonaviy hordiq va xizmat ko‘rsatish maskani sifatida xizmat qilishi mumkin.
Bu yerda mehmonlar botanika bog‘ini tomosha qilishi, zamonaviy ko‘ngilochar maskanlardan foydalanishi va safar davomida zarur xizmatlarni bir joyning o‘zida olishi mumkin.
Loyiha mualliflari «MALIK KARVON Family Park»ni kelgusida nafaqat Navoiy viloyati, balki Samarqand — Buxoro — Xorazm turistik yo‘nalishidagi muhim va mashhur stop-pointlardan biriga aylantirishni maqsad qilgan.







